Maqolalar


Diniy oqimlar va ularning salbiy oqibatlari.


Diniy oqimlar va ularning salbiy oqibatlari.

Bismillahir Rohmanir Rohiym Bandalariga toqatlariga yarasha amallarni amr qilgan Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo’lsin! Ummatlarini oson yo’ldan boshlagan mahbub Payg’ambarimiz Muhammad Mustafoga mukammal va batamom salovatu durudlar bo’lsin. Alloh taoloning irodasi ila musulmon olami o’zining tarixi davomida ko’pgina holatlarni kechirgan Yaxshi holatlar ham bo’lgan shuning bilan birga noxush xolatlar ham bo’lgan. Bunday holat g’ayrimusulmonlarning tarixida ham bo’lgan. Aslida bu dunyo hayotining Alloh taolo joriy qilgan qoidalari shunday tuzilgan. Musulmon xalqlar tarixiga nazar soladigan bo’lsak tushkunlik holatlari o’zining alohida xususiyatlari bilan ajralib turadi. Musulmo olami hozirda boshidan kechirib turgan musibatlar ham o’zini bilgan har bir shaxs uchun juda katta musibatdir. Bu musibatlarning asosiy aybdorlaridan biri musulmonlarning o’zlaridan chiqgan be’mani toifalardir. Mazkur toifalar qo’zg’agan va olib borayotgan johilona harakatlar oqibatida butun musulmonlar olami jafo chekmoqda ushbu jafo musibatlarning hajmi u qadar kattaki hayoting turli sohalarida dunyo bo’lib musulmonlarga katta zararlar yetmoqda…. Ko’pchilikning takidlashicha musulmon olamining hayotida paydo bo’layotgan bugungi kundagi aksaryat muammolarning boshida bemazxab va ilmsiz jamoa va shaxslarning bedodliklari turadi. Terrorga oid xabarlar.”terror arab ixtirosi yoki islomiy bid’at emas, balki zamonaviy asrda siyosiy iztiroblar natijasida yuzaga kelgan nafratning bir ko’rinishidir. Afg’on mujuhidlari bir birlarini kofirga chiqarib o’zaro qirg’inbarot urush qilib turganlarida afg’onlarga yordamga kelib mujohidlar nima qilishlarini bilmay Peshavorda to’planib qoldilar. Urush ko’rgan qon ko’rgan baquvvat yigitlar qollarida qurollari bilan miyyalarida faqat “jihod” degan tushuncha bilan to’ldirilgan shunda boshqa narsani bilmay kishilarning qo’llarida qolishadi. Xolbuki, mazkur biryoqlama tarbiya oqibatida jangari kimsalarga aylanib qolgan urushdan boshqa narsani bilmaydigan yoshlarni tinch hayotga moslashtirish uchun ularni qayta tarbiyalash, ularning fikrini urush mafkurasidan tozalab tinch hayotga qaytarish kerak edi. Bu esa barcha zamon va makonlarda urushdan keyin qat’iy ravishda amalga oshirilishi shart bo’lgan ishlar ekani tajribadan ma’lum bo’lgan edi. vaziyat yanada yomonlashdi. Musulmonlar ichida bir birini kofirga chiqarish avj oldi. Bu borada bemazhablar hammadan o’zib ketishdi ular o’zlariga nasihat qiladiganlarni ham kofirga chiqara boshladilar. Islom dini Alloh taolo tomonidan odamlarni osonlik yo’liga yo’llash uchun joriy qilingan, ularni qiynash toqatidan tashqari narsa majburlash uchun emas. Shariat tomonidan insonga qilingan takliflarning barchasi istitoa’ga bog’liqdir. Boshqacha qilib aytganda odamlarning kuchi qudrati iqtidori imkonyatlariga chambarchas bog’liqdir Alloh taolo Baqara surasida marhamat qiladi: لاَ يُكلِّفُ أ للٌّهُ نَفسًا إ لاّ وُ سْعَهَا “Alloh hech bir jonga imkoniyatidan tashqari narsa yuklamas”(286-oyat). Allohning buyruqlari va qaytariqlari bandaning imkon darajasi doirasida bo’ladi. Ana o’sha taklifga amal qilishga qarab, boshqa hech bir narsaga qaramasdan, bandaga jazo yoki mukofot belgilanadi. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilnadi: Nabiy sollalohu alayhi vasallam: “Albatta, din osondir. Kimki dinda ashaddiy bo’lmoqchi bo’lsa din unga g’olib keladi. Bas, to’g’ri amalda bo’linglar, yaqinlashib yuringlar, yaxshilik bashoratini beringlar. Sahar chog’ida, tushdan keyin va kechaning oxirida yordam talab qiling”, dedilar. Buxoriy rivoyat qilgan. ushbu hadisi sharifda Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam biz ummatlariga dinda ketib ashadiyylashib, o’zini qiynamaslikka o’rtacha ish tutib, iloji boricha kamolga yaqin bo’lish uchun urinishga, doimo yaxshilik bashoratini berishga, qulay fursatlarni boy bermay, ulardan foydalanib qolishga chaqirmoqdalar.Darhaqiqat, Islom osonlikdan iborat. Unda hech bir qiyinchilik yo’q. Haqiqiy insondek yashash qasdida bo’lgan odam buni darxol tushunib yetadi, chunki Islom haqiqiy insonlar uchun Alloh tomonidan yuborilgan ko’rsatmalar to’plamidir. Shu bilan birga , Islomning osonligidan ko’ngli to’lmasdan, uni o’zi uchun qiyinlashtirishga urunganlar ham hato qildilar.



Zarafshon shahar bosh imom xatibi: Komiljon Shodmonov